Qovun yesang saxar ye...
Ayni jazirama yozning chillasida etilgan ona Zaminning betakror nozu ne'matlari bozorlarimiz ko'rkiga aylangan. Ayniqsa, poliz mahsulotlaridan qovun va tarvuzlarning tilimi tilni yoradi.
Qovun tarkibida V1, V2, RR, A, S vitaminlar, karotin, foliy kislota, yog'lar, kaliy, natriy, temir moddasi hamda shakar mavjud. Bundan tashqari kaliy, kalьsiy, natriy va xlor kabi mineral moddalar ham qovunning tarkibida bor. Shuningdek, quvvatsizlik, kamqonlikda va ateroskleroz hamda boshqa shu kabi yurak qon tomir kasalliklarida tabiblar qovun iste'mol qilishni tavsiya etishadi. Yana qovun antibiotiklar ta'sirini kuchaytiradi. Ularning organizmga zaharli ta'sirini esa kamaytiradi. Bu poliz mahsulotining tarkibida ko'p miqdorda fermentlar bor. Shu sababli me'da-ichak tizimida engil hazm bo'ladi va ichaklar faoliyatini yaxshilaydi. Shifobaxsh dorivor vosita sifatida qovunni jigar kasalliklarida va buyrak hamda qovuqda, o't qopida tosh paydo bo'lganida iste'mol qilish mumkin. Ko'p qovun tanovvul qilsangiz teringiz rangi tiniqlashadi va kamqonlikda qon tarkibidagi gemoglobinni ko'taradi hamda immunitetni oshiradi. Asab tizimiga qovunning ijobiy ta'siri beqiyosdir.
Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.