Bu Prezidentning 30.10.2017 yildagi PF–5216-son «O'zbekiston Respublikasining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi farmonida ko'zda tutilgan.
Eslatib o'tamiz, muqaddam belgilangan narxlar bo'yicha sotiladigan ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiy mahsulotlar importi (Ro'yxatga qarang), Tashqi savdo vazirligi tomonidan mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari o'rtasida Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan aniqlanadigan kvotalar chegarasida o'tkaziladigan tender bo'yicha amalga oshirilar edi.
Endi tender o'rniga Tashqi savdo vazirligi har chorakda faqat jahon narxlari kon'yunkturasi tahlilini o'tkazadi va maxsus Respublika komissiyasiga[1] ijtimoiy ahamiyatli dorilar va tibbiyot buyumlarining oxirgi yo'l qo'yiladigan import shartnoma qiymati bo'yicha takliflar kiritadi.
Takliflarni tashqi savdo, iqtisodiyot, moliya, sog'liqni saqlash vazirliklari hamda MB va Davlat raqobat qo'mitasining vakillaridan iborat Ishchi guruh[2] ko'rib chiqadi. Ishchi guruh hisob-kitobi asosida Respublika komissiyasi import shartnomalari bo'yicha oxirgi yo'l qo'yiladigan qiymatlarni belgilaydi.
Bu muhim! Bundan yuqori bo'lgan narxlarda tovarni etkazib berish bo'yicha import shartnomalari tuzish ta'qiqlanadi.
Bundan tashqari, mazkur toifadagi tovarlarni faqat mahalliy ulgurji va ulgurji-chakana savdo kompaniyalari tomonidan import etkazib berilishi to'g'risidagi talablar hamda Sog'liqni saqlash vozirligi tomonidan kvotalash mumkin emas.
Bunda dorixonalarda narx belgilash ustidan nazorat Sog'liqni saqlash vozirligining Nazorat inspeksiyasidan sog'liqni saqlash boshqarmalarining hududiy organlariga topshirilgan.
Ma'lumot uchun: Ro'yxatga kiritilgan import qilingan dori vositalari va tibbiyot buyumlari avvalgidek, ixtisoslashtirilgan ulgurji tashkilotlar va dorixonalar tomonidan belgilangan ulgurdi va chakana narxlarda sotiladi. Ushbu narxlar quyidagi formular bo'yicha aniqlanadi:
Un = S x 1,15, bu erda:
Un – ulgurji narx;
S – sotish narxi;
1,15 – ulgurji savdo ustama narxining oxirgi yo'l qo'yiladigan qiymatini inobatga oluvchi koeffisient.
R = S x 1,15 x 1,2, bu erda:
R – qat'iy belgilangan chakana narx;
S – sotish narxi;
1,15 va 1,2 – savdo ustama narxlarini inobatga oluvchi koeffisientlar.
2017-11-02 Manba: Norma.uz
Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.