Jamiyatda "Ijtimoiy dorixonalar" tashkil qilindi
"Namangan Dori-Darmon" AJ da "Ijtimoiy dorixonalar" ishga tushirilmoqda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 19 apreldagi №01-14/03-16-4-sonli yig’ilish bayonnomasining ijrosini ta'minlash maksadida Respublika "Dori-Darmon" AK ning 2016 yil 19-fevraldagi 19-a sonli buyrug’i ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyatimizdagi 8ta tuman markazida joylashgan jamiyatimiz tizimidagi dorixonalarda ijtimoiy dorixonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ijtimoiy dorixonalar tashkil etish bo’yicha "Namangan Dori-Darmon" AJ ning buyrug’i ishlab chiqildi va dorixona mudirlariga ushbu dorixonalarda assortimentning ko’p qismini (70%) maxalliy farmasevtika korxonalarida ishlab chiqarilgan arzon narxdagi farmasevtika, shu jumladan dorivor o’simliklar hom ashyosidan tayyorlangan maxsulotlardan iborat bo’lishi, realizatsiya qilinadigan dori vositalari va tibbiy buyumlarga 15% dan oshmagan savdo ustamasi qo’llash ko’rsatib o’tildi.
Hozirgi kunda «Ijtimoiy dorixona»larni ishga tushirish uchun jadal ishlar olib borilmoqda. Kosonsoy tumanidagi 9-sonli ijtimoiy dorixona, Chust tumanidagi 11-sonli ijtimoiy dorixona, Pop tumanidagi 7-sonli ijtimoiy dorixonalar ishga tushirildi. Har bir «Ijtimoiy dorixona»larda «Fitobar»lar tashkil etilmoqda va ushbu «Fitobar» lar asbob uskuna va mebellar bilan mukammal ta'minlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2016 yil 7 apreldagi 2-sonli majlis bayonining 7-bandida kursatilgan import o’rnini bosuvchi maxsulotlarni ishlab chiqaruvchi farmasevtika korxonalarini tashkil etish bo’yicha «Namangan Dori-Darmon» AJ qoshida «NAMANGAN DORI-DARMON FITO» MChJ tashkil etilib, efir moylari, biologik faol qo’shimchalar, siroplar, galen preparatlari tayyorlovchi va 70%li etil spirti qadoqlovchi sex qurilish ishlari boshlab yuborildi. Hozirgi kunda ushbu loyixa uchun “Namangan Dori-Darmon” AJ tizimidagi dorixonalar ombori hududidagi yordamchi binoda ishlab chiqarish sexi barpo etish uchun Namangan shaxar hokimining qarori olindi, arxitektura qurilish topshiriqnomasi tayyorlandi. Xitoy Xalk Respublikasidan ishlab chiqarish liniyasi olib kelish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda. Yillik quvvati 2 016 000 flakonda tayyor maxsulot ishlab chiqaruvchi ushbu loyixaning umumiy qiymati 410 000 AKSh dollariga teng bo’lib, o’z mablaglarimizdan 100 000 AKSh dollari, tijorat banklari kreditlaridan 310 000 AKSh dollari sarflanishi ko’zda tutilgan. Ushbu loyixa 2016 yil IV chorakda ishga tushirilishi va 25ta ishchi o’rni yaratilishi rejalashtirilgan.
Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.