Namanganda an'anaviy 55 - "Gul bayrami" bo'lib o'tdi
Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli madaniyat va istirohat bog’ida 22-23 avgust
kunlari O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma to’rt yilligi hamda “Keksalarni e’zozlash yili”ga bag’ishlangan an’naviy “Gul bayrami” bo’lib o’tdi. Tinchlik va taraqqiyot, ozodlik va obodlik sharofatidan baxtu quvonch maskaniga aylangan mamlakatimizda bayramlar ko’p, ammo gul bayrami faqat Namanganimizdagina davom etib kelayotgani faxrli, iftixorli.
Bayram tadbirlari erta tongdan viloyat bosh maydonidagi "Tinchlik stellasi" oldidagi istirohat bog’ining ramziy darvozasidan boshlandi. An’naviy bayramning tantanali ochilish marosimida Namangan shahar madaniyat va sport ishlari bo’limi tomonidan tayyorlangan badiiy kompozitsiya namoyish etildi. Xalqimizning eng ulug’, eng aziz ayyomi – istiqolimizning qutlug’ 24 yilligi bayrami arafasida tashkil etilayotgan an’anaviy gul bayrami yuraklardagi yaratuvchilik ishtiyoqiga yana shahd, shijoat bag’ishlamoqda. An’anaviy gul bayramining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi B.Yusupov ishtirok etdi.
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’i havaskor va usta gulchilar, shuningdek, ta’lim va tibbiyot muassasalari va korxona, tashkilotlar jamoalari tomonidan bezatilib, bayramona tus berildi. Gullar namoyishida gul savdosi avjga chiqdi. Quvonarlisi yangi gul navlari birinchi bor sayil ishtirokchilariga taqdim etildi. Nafosat sayli ishtirokchilari bu yerda tashkil etilgan rango-rang gul ko’rgazmalari hamda boshqa ko’ngilochar tadbirlarni tomosha qilib, madaniy hordiq chiqardilar.
Bu yil ellik beshinchi bor nishonlanayotgan go’zallik va nafosat bayramida shahardagi ikki yuzdan ortiq tashkilot, muassasa va korxonalar, 80 dan ziyod havaskor gulchilar, shuningdek, Toshkent, Andijon va Farg’ona viloyatidan tashrif buyurgan tabiat oshuftalari o’z ko’rgazmalari bilan qatnashdilar. Ular orasida, ayniqsa, “Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim-O’zbekistonim!” g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan kompozitsiya ko’pchilikda chuqur taassurot qoldirdi. Bog’ning so’lim xiyobonlarida uyushtirilgan “Kimning guli chiroyli?” tanlovi, “Vatan yagonadir, Vatan bittadir” do’stlik va madaniyat festivali, “Qo’shig’imda gul vasfi” badiiy dasturi hamda boshqa qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bayram shukuxiga shukux qo’shdi.
Faqat bizning shahrimizgagina hos bo’lgan bu bayram o’tgan asrning oltmishinchi yillarida yo’lga qo’yilgan, -deydi keksa muallim Jo’raxon Mo’minov. – Shundan buyon unda muntazam qatnashib kelaman. Bu galgi bayram qatnashchilari hovlimizda parvarishlanayotgan kaktuslarning 500 dan ortiq turi bilan tanishish imkoniyatidan baxramand bo’ldilar.
Ikki kun davom etgan bayram yakunlariga ko’ra, viloyat markazida yashovchi havaskor gulchi Obidxon Qodirovning gullari oliy o’ringa loyiq topildi. Yana bir gulchi Dilshodbek Abdurahimov hamda viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi gulchilariga birinchi, Jo’raxon Mo’minov oilasi va shahar xalq ta’limi bo’limi jamoasiga keyingi o’rinlar nasib etdi. G’oliblarga tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovrinlar topshirildi.
Manba: www.namangan.uz
Manzil: 160100,Namangan viloyat., Namangan shaxar, Usmon Nosir ko`chasi, 12-uy.
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Sаyt Ахbоrоt хizmаti uchun mаs’ul: Marufxonov Mirjalol A'zamxon o'g'li Tel: +99893 915-75-46
«Namangan Dori-Darmon» Aktsiyadorlik Jamiyati Sayt ma‘lumotlaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda va materiallarga
tayanib chop etilganda ushbu, «Namangan Dori-Darmon» AJ, rasmiy veb-sayti uchun havola ko‘rsatilishi shart.