The seminar was organized in the Namangan region

Print

The Ministry of Health to control the quality of drugs and medical equipment ner by the Namangan region, a seminar was organized on July 3, 2015 seminar 

 

O’tkazish joyi: Namangan viloyat Diagnostika markazi majlislar zali.
Raislik qiluvchi: : A.Faxriddinov - Uz.Res. SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi, farm inspeksiyasi yetakchi mutaxassisi.

Ma'ruza qiluvchi: I.K.Azizov - Uz.Res. SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqrmasi boshlig’i birinchi muovini, farm inspeksiya boshlig’i, professor.

Kotib: R. Musoxodjaev - «Namangan Dori-Darmon» AJ mutaxassisi

Qatnashdilar:

 1.   I.K.Azizov – O’z.Res. SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish  Bosh boshqarmasi boshlig’i birinchi muovini, farm inspeksiya boshlig’i, professor. Namangan viloyati  Davlat soliq boshqarmasi bo’lim boshlig’i: A.Muqimov;

2.   “Namangan Dori-Darmon” AJ boshqaruv raisi: R.X.Qosimov

Namangan viloyati  Davlat sanitariya epidimiologiya nazorat markazi boshlig’i: D.Ergashev;

3.   400 dan ortiq viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan hususiy dorixona rahbarlari, farmasevtik faoliyat bilan shug’ullanuvchi MChJ rahbarlari, “Namangan Dori- Darmon” AJ va viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi dorixona rahbarlari va mudirlari (royhat asosida).

KUN TARTIBI

1.  “Hususiy mulk,  kichiq biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish chora tadbirlari to’grisida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni (PF-4725) talablarini izchil amalga oshirish maqsadidagi masalalar to’g’risida.
2. Respublikamiz  aholisini sifatli dori vositalari bilan ta’minlash bo’yicha chora tadbirlar rejasi ijrosi va tadbirkorlik  sub'ektlari  o’rtasida  profilaktika  ishlarini kuchaytirish.
3. Dori vositalarini respublikaga olib kirish va dorixonalar faoliyatini tartibga solish masalalari.
4. “Dori vositalari va farmasevtika faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga  2009 yil 17 sentyabrda №O’RQ-222 - son Qonuni bilan o’zgartish va qo’shimchalar.
5. Respublikada aniqlangan qalbakilashtirilgan dori vositalari bo’yicha ma'lumot.

So’zga chiqdilar:

Kun tartibidagi birinchi masala bo’yicha Ma'ruzachi: I.K.Azizov – O’z.Res. SSV Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshlig’i birinchi muovini, farm  inspeksiya boshlig’i, profesor ma'ruza qildi.
Jumladan, Hususiy mulk, kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlanganligini va unda quyidagilar ilovaga olinganligini ta’kidladi.

Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to’sqinlik qilish, hususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;

Hususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma'muriy va jinoyat konunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;

Barcha turdagi ro’yhatdan o’tkazish, ruxsat berish va lisenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’lik tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;

Hususiy mulk va hususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash farmoni to’g;risida so’zladi.
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas'ul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilganligini ta’kidlab o’tdi.

2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilganligini ta’kidlab, unga muvofiq:

mikrofirmalar, kichiq korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub'ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;

moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’lik bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;

Tadbirkorlik sub'ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;

Qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub'ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda amalga oshirilishini farmonda ko’rsatib o’tilganligini ta’kidladi.

O’zbekiston Respublikasi JKning 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni (soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash) birinchi marta sodir etgan, jinoyat aniqlangandan keyin 30 kun ichida davlatga yetkazilgan zararni to’liq qoplagan, penya va boshqa turdagi moliyaviy sanksiyalarni to’lagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atilmasligini va u javobgarlikdan ozod qilinishligini ta’kidladi.

O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi: tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to’grisidagi qonunchilikning qat’iy ijro etilishida qabul qilingan normalarni amaliyotga joriy etish ustidan nazoratni kuchaytirsin, tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini buzganlik uchun vakolatli nazorat, huquqni muhofaza qilish va vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining muqarrar javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortishga Qadar oshirishni ta'minlanishini farmonda ko’rsatilganligini alohida ta’kidlab o’tdi.

2015 yilning 1 iyuliga qadar O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda «Uzbektelekom» AK Qo’ng’iroqlarga xizmat ko’rsatish yagona markazi va Bosh prokuratura «ishonch telefoni» ba’zasida davlat, huquqni muxofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning kichiq biznes va hususiy tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatiga asossiz aralashishi, tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish va mulkdorlar huquqlarining buzilishiga doir masalalar bo’yicha murojaatlarni tunu kun qabul qilish hamda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari kafolatlari to’g’risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo’lgan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko’rish tizimini tashkil etilganligini ta’kidladi.

Farmonda belgilab qo’yilganligini ta’kidlab jumladan; tegishli da'voni ko’rib chiqish davrida tadbirkorlik sub'ekti tomonidan shikoyat qilinganda xo’jalik sudlariga nazorat qiluvchi organ qarori ijrosini to’xtatib turish huquqi berilishini ta’kidladi.

Soliq va bojxona qonunchiligi tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan buzilishi bilan bog’lik holatda ularning mol-mulklari faqat sud qarori bo’yicha olib qo’yilishini ta’kidladi.

Tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan e'tiroz qilinadigan qo’shimcha hisoblangan bojxona to’lovlari xo’jalik sudi qarori bo’yicha undirilishini farmonda ko’rsatib o’tilganligini ta’kidlab o’tdi.

2015 yilning 1 iyulidan yakka tartibdagi tadbirkorlarga, faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir yo’llangan ishchi uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida sug’urta badali va yakka tartibdagi ish beruvchi tadbirkor uchun o’rnatilgan stavkaning 30 foizi miqdorida qat’iy belgilangan soliq to’lash sharti bilan bir nafardan uch nafargacha ishchini yo’llash huquqi berilishini o’z so’zida aytib o’tdi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar kasb-xunar kolleji bitiruvchilarini ishga yollagan holatda kollejni bitirgandan boshlab o’n ikki oy mobaynida yollanma ishchilar uchun qat’iy belgilangan soliqdan ozod etilishini ta’kidladi.

2015 yilning 1 iyuliga qadar turli idoralar holatidagi «bir darcha» xizmatlari tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari to’liq inventarizasiyadan o’tkazilsin, «bir darcha» markazlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar tizimga integrasiya qilinsin, ta'sis hujjatlari va davlat xizmatlaridan foydalanish uchun taqdim etiladigan boshqa hujjatlar, jumladan, lisenziya va ruhsat berish tartib-taomillarining namunaviy shakllari ishlab chiqishini ta’kidlab o’tdi.

«bir darcha» markazlarining faoliyati 2016 yilning 1 yanvaridan kechiktirmasdan boshlanishi ta'minlansin, shu muddatdan boshlab «bir darcha» markazlari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar uchun boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlariga tadbirkorlik sub'ektlaridan bevosita hujjatlar kabul qilish taqiqlanganligini aytib o’tdi..

Tadbirkorlik sub'ektlarini davlat ro’yxatiga olishdan tushayotgan davlat bojining jami summasi tuman (shaxar) hokimliklari holatidagi tadbirkorlik sub'ektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari daromadiga, 2016 yilning 1 yanvaridan esa «bir darcha» markazlarini moliyalashtirish manbai sifatida ularning daromadiga o’tkazilsin, kelib tushgan mablag’lar faqat markazlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va hodimlarni rag’batlantirish maqsadlariga yo’naltirilishini farmonda ko’rsatilganligini ta’kidladi va o’z so’zini yakunladi.

SSV DVTTSNQBB farm inspeksiya etakchi mutaxassislari tomonidan Namangan viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha dorixonalarda o’tkazilgan profilaktika va monitoring natijalari muhokama etildi. Unda dorixonalarda farmasevtika faoliyatiga taalluqli amaldagi huquqiy va me'yoriy hujjatlardagi tartib hamda talablarning ijrosi tahlil etildi. Monitoring davridagi hamda monitoringdan so’ng dorixonalardagi holatlar fotosuratlarda namoyish etildi. Soha mutaxassislariga yo’l qo’yilgan xato, kamchiliklar, ularni bartaraf etish hamda oldini olish bo’yicha aniq ko’rsatma va tushuntirishlar berildi.
I.K.Azizov o’z ma'ruzasida mazkur masalada dorixona mutaxassislariga amaliy yordam hamda profilaktika ishlari sifatida dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqrmasi tomonidan me'yoriy hujjatlar to’plami kitob shaklida tayyorlanib, barcha dorixona muassasalariga yetkazib berilayotganligini qayd etib o’tdi.

Shuningdek, internetda yuqorida ko’rsatilgan Bosh boshqarma “sayt” tashkil etilib, unda lisenziatlar ro’yxati, aniqlangan qalbaki hamda sifatsiz dori -darmonlar, Davlat ro’yxatidan o’tgan, sertifikatlangan dori vositalari, tibbiy ashyo va buyumlar haqida ma'lumotlar berib borilishi yo’lga qo’yilayotganligini aytib o’tdi.

“Namangan Dori-darmon” AJ boshqruv raisi R.X.Qosimov so’z olib, dorixonalardagi aniqlangan qonun buzilish holatlarini oldi olinishi kerakligi va kelgusida bunday holatlarni takrorlanishiga yo’l qo’yilmasligini, aniqlangan qonun buzilishlar holatlarida belgilangan tartibdagi jazo choralari muqarrar ekanligi alohida ta'kidlab o’tildi.

Seminar so’ngida qatnashchilar va seminar tashkilotchilari o’rtasida sohaga oid ko’plab savol-javoblar bo’lib o’tdi. “Jaxongir MMA” hususiy korxona rahbari I.Qosimov so’zga chiqib, dorixona hodimlari bilan shifokorlar doimo birga bamaslaxat ish olib borsalar maqsadga muofiqligi haqida to’xtaldi. Maxalliy hokimiyatlar tomonidan belgilanayotgan kassa rejalari tug’risidagi yozma savolga Namangan viloyati Davlat sanitariya epidimiologiya nazorat markazi boshlig’i D.Ergashev batafsil javob berdi, jumladan o’z so’zida to’xtalib Uyda utirgan yakka- yolg’iz nafaqaho’rlarga, nogironlik nafaqasini olayotgan shaxslarga nafaqalarini o’z vaqtida berilishida kassa rejaning bajarilishi nechog’lik muhim ekanligi haqida tushuntirib o’tdi.

Tashkil etilgan seminar Namangan viloyat teleradiokompaniyasida efirga uzatildi.

Топ рейтинг www.uz            

Adress: 160100,Namangan region, The city of Namangan, Street Usman Nosir, 12.
Phone: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32

E-mail:namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz

Responsible for Information Service website: Marufkhonov Mirjalol Phone: +99893 915-75-46 

Joint-stock company "Namangan Dori-Darmon" At full or partial use and citing of materials published on this site,
a link to the official site of JSC "Namangan Dori-Darmon" is obligatory.