16.05.2015 yildagi ma'ruzasi

Print

“Namangan Dori-Darmon” aksionerlik jamiyati boshqaruv raisining

 jamiyatning 2014 yil moliya-xo’jalik faoliyati yuzasidan

 aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishidagi

 MA’RUZASI

Namangan sh.                                                                                                            16.05.2015 y.

Hurmatli yig’ilish qatnashchilari, aziz aksiyadorlar!

    “Namangan Dori-Darmon” aksionerlik jamiyati o’tgan 2014 yil davomida Hukumatimiz qarorlari, Sog’liqni saqlash Vazirligi, Respublika “Dori-darmon” davlat aktsiyadorlik kompaniyasi, viloyat hokimligining buyruq, farmoyish va ko’rsatmalarini bajara borib aholi va davolash  profilaktika muassasalarida dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berish muayyan ishlarni amalga oshiradi.

Jumladan, 2014 yilda viloyat aholisi va davolash profilaktika muassasalariga dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berishda muayyan ishlarni amalga oshirilib, rejadagi 14,000,600,000 so’m o’rniga 19,037,261,000 so’mlik dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi yoki reja 130,4 foizga bajarildi.

O’tgan 2013 yilga nisbatan 5,303,689.500 so’m ortiq Tovar aylanmasi bajarilib, yalpi daromad 2,009,596,000 so’mni yoki o’tgan yilga nisbatan 483,616,600 so’m ko’p foyda olinishiga erishildi.

2014 til yakuniga ko’ra “Namangan Dori-darmon” aktsiyadorlik jamiyati bo’yicha 384,570,400 so’m yoki o’tgan yilga nisbatan 52,051,000 so’m ko’p sof foyda olinib, rentabillik darajasi 2.02 foizni tashkil etadi.

Jamiyat faoliyatining avvalgi yillarga nisbatan ko’rsatkichlarini tahlil qilinsa, jamiyat Ijroiya organi tomonidan o’tgan hisobot yilida muayyan ishlar amalga oshirilganlogini, 2008- yilda jamiyat tomonidan 3,548,500,000 so’m sof tushum, 284,000,000 so’m yalpi foyda olingan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar olti yil mobaynida 5 barobardan ortiq ko’payishiga erishildi.

    Masalan, Umumiy tovar aylanmasi:

2008 yilda jamiyat tomonidan 3,148,507,000 so’m, 2010 yilda 12,565,059,000 so’m, 2012 yilda 13.596.147,000 so’m, 2013 yilda 13,736,422,000 ming so’m, 2014 yil yakuniga ko’ra esa 19,037,261,000 so’m tovar aylanmasi bo’lishiga erishildi.

   Yalpi daromad:

2008 yilda jamiyat tomonidan 1,027,407,000 so’m, 2010 yilda 1,992,618,000 so’m, 2012 yilda 2,289,036,000 so’m, 2013 yilda 2,669,592,000 so’m va o’tgan 2014 yilda 3,284,371,000 so’m yalpi daromad olinishiga erishildi.

   Ulgurji savdo aylanmasi:

2008 yilda jamiyat tomonidan 1,493,755,000 so’m, 2010 yilda 10,417,355,000 so’m, 2012 yilda 9,475,248,000 so’m, 2013 yilda 9,010,364,000 so’m va 2014 yilda 12,516,737,000 so’m ulgurji savdo aylanmasiga erishildi.

    Chakana savdo aylanmasi:

2008 yilda jamiyat tomonidan 1,654,752,000 so’m, 2010 yilda 2,147,674,000 so’m, 2012 yilda 4,120,899,000 so’m, 2013 yilda 4,726,058,000 so’m va 2014 yilda 6,520,524,000 so’m chakana savdo aylanmasi bo’lishiga erishildi.

    Sof foyda:

Jamiyat tomonidan 2008 yilda 525,579,000 so’m, 2010 yilda 269,263,000 so’m, 2012 yilda 323,451,000 so’m, 2013 yilda 332,434,000 so’m va 2014 yilda 394,570,000 so’m sof foyda olinishiga erishildi.

    Xarajatlar:

Jamiyat tomonidan 2008 yilda 404,123,000 so’m, 2010 yilda 1,367,300,000 so’m, 2012 yilda 1,965,585,000 so’m, 2013 yilda 2,337,073,000 so’m va 2014 yilda 2,899,801,000 so’m harajatlarga yo’l qo’yildi.

Yig’ilish qatnashchilari!

  “Namangan Dori-Darmon” aksionerlik jamiyati viloyatimiz, shaxrimizda olib borilayotgan ulkan obodonlashtirish, shaxrimizni ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish ishlarida ham o’zining munosib hissasini qo’shib kelmoqda.

2014 yil “Sog’lom bola yili” Davlat dasturiga asosan ham bir qator ishlar amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligining 23 yillik bayrami, musulmonlarning “Ramazon” va “Iyd qurbon” hayitlari munosabati bilan jamiyatda ishlayotgan dorixona hodimlarini moddiy rag’batlantirildi.

Shuningdek, jamiyatimiz tomonidan “Navbaxor” futbol klubi hamda O’zbekiston  bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasiga, kam ta’minlangan, boquvchisini yo’qotgan oilalarga baholi qudrat yordam berlidi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 dekabirdagi 532-sonli qarorida ko’rsatilgan imtiyozli bepul dori-darmon oluvchilar dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan bepul ta’minlandi.

Hurmatli hamkasblar, aziz aktsiyadorlar!

 2015-yil“Keksalarni e’zozlash yili” davlat dasturiga kiritilgan vazifalarni bajarish, avvalgi yilda yo’l qo’yilgan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilaydi hamda 2015 yilda aktsiyadorlarning manfaatlarini ko’zlagan holda o’z oldiga jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, olinadigan daromadni ko’paytirish, xarajatlarni kamaytirish uchun barcha tadbirlarni belgilaydi. Oldimizga qo’ygan vazifalarn bajarishda jamiyatning boshqaruvchi organlari-Kuzatuv kengashi, jamiyat ijroiyaorgani va taftish komissiyalari hamjihatlik bilan ishlaydilar deb Siz, aziz aktsiyadorlarni ishontirishga ruhsat bergaysizlar.

E’tiboringiz uchun rahmat!

Топ рейтинг www.uz            

Adress: 160100,Namangan region, The city of Namangan, Street Usman Nosir, 12.
Phone: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32

E-mail:namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz

Responsible for Information Service website: Marufkhonov Mirjalol Phone: +99893 915-75-46 

Joint-stock company "Namangan Dori-Darmon" At full or partial use and citing of materials published on this site,
a link to the official site of JSC "Namangan Dori-Darmon" is obligatory.