Стратегия развития сообщества
«Namangan Dori-Darmon» AJ ning 2015 yildagi asosiy strategik yo’nalishlari.
1.Aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, sotuvdagi dori vositalari turlarini ko’paytirish.
2.Davolash profilaktika muassasalarining dori vositalariga bo’lgan talabini o’rganib ularga zarur bo’lgan dori vositalari bilan shartnomalar asosida uzluksiz ta’minlash.
3.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat va safarbarlik zaxiralari qo’mitasining 2-gurux materiallarini saqlash va o’z vaqtida uzluksiz yangilab borish.
4.Jamiyat tizimida faoliyat ko’rsatayotgan dorixonalarda, dorixona sharoitida tayyorlab qadoqlanayotgan dori vositalari va eritmalar turlarini ko’paytirib borish.
5.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 2 dekabrdagi 532-sonli qaroriga asosan o’rnatilgan tartibda imtiyozga ega bo’lgan 13 turdagi bemorlarga shifokor reseptlari asosida o’z dorixonalari orqali dori vositalari berish.
6.Korxonaning moliyaviy imkoniyatlarini yuksaltirish, aholiga qulaylik yaratish va dori vositalariga bo’lgan ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida savdo shaxobchalarini ochish va ko’rsatilayotgan savdo xizmatining sifatini hamda saviyasini oshirish.
7.«Namangan Dori-Darmon»AJ ning asosiy vazifasi imkon qadar ko’p foyda olish va aksiyadorlarning dividend shaklidagi daromadlarini muntazam oshirib borish.
Адрес: 160100, Наманганская о., г. Наманган, ул. Усман Насыр, д. 12
Телефон: +99869 227-20-30, +99869 227-20-11, +99869 227-05-32
E-mail: namdori-darmon @umail.uz, namdori-darmon @exat.uz
Ответственный за Информационной службой сайта: Маруфхонов Миржалол Аъзамхон угли Тел: +99893 915-75-76
Акционерная общество “Наманган Дори-Дармон” При полном или частичном использовании и цитировании материалов,
опубликованных на данном сайте, ссылка на официальный сайт АО “Наманган Дори-Дармон ” обязательна.